Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Iqtisod 01/03/2025 O‘zbekistonda 2024 yilda sug‘urta mukofotlari hajmi 9,8 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda 2024 yilda sug‘urta mukofotlari hajmi 9,8 trln so‘mga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yil davomida O‘zbekistonda 10 millionga yaqin sug‘urta shartnomasi tuzildi. Bu haqda Milliy istiqbolli loyihalar agentligi xabar berdi.

Mazkur maʼlumotlarga ko‘ra:

Sug‘urta mukofotlari hajmi 9,8 trln so‘mni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 21% o‘sish kuzatildi.

Sug‘urta to‘lovlari 2,2 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 9% o‘sish qayd etildi.

Sug‘urta kompaniyalari aktivlari 11,8 trln so‘mdan oshdi, bu esa 2023 yilga nisbatan 24,9% ko‘p.

Shuningdek, 2024 yil davomida 4 648 ta murojaat ko‘rib chiqilgan, 2 193 tasi qanoatlantirilgan. Bunday choralar natijasida jami 34,6 mlrd so‘m sug‘urta to‘lovlari amalga oshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling