Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Parijdagi YUNESKO shtab-kvartirasiga amalga oshirilgan tashrif doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Kamol Muxtarov YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Vera Lakey bilan uchrashdi.
O‘zbekiston 2027–2030-yillar davri uchun YUNESKO Ijroiya kengashiga o‘z nomzodini ilgari surib, tashkilot maqsadlariga sodiqligini va uning faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning YUNESKO maqsadlariga sodiqligi, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga intilishi va tashkilot ishida faol ishtirokni davom ettirish niyati ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston nomzodini ilgari surishga doir tavsiyalar va 2025-yil noyabr oyida Samarqandda o‘tkaziladigan YUNESKOning 43-General konferensiyasi arafasida Ijroiya kengashi muhokamasiga yangi tashabbuslarni kiritish masalalari muhokama qilindi.