O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Yamanni mag‘lub etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning yoshlar terma jamoasi 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi uchrashuvida Yaman terma jamoasini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi.
Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv o‘zbek jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi — 26-daqiqada Muhammadali O‘rinboyev bosh bilan aniq zarba yo‘llab hisobni ochdi. Bir nechta xavfli hujumlarga qaramay, o‘zbekistonliklar ustunlikni oshira olmadi va bir qator golli vaziyatlarni qo‘ldan boy berdi.
Ikkinchi bo‘lim O‘zbekiston termasi uchun og‘ir o‘tdi. Yaman futbolchilari faollashib, bir nechta jarima zarbalari ishladi, ammo o‘zbek jamoasining darvozaboni barcha xavflarni bartaraf etdi. Keyinchalik raqib hisobni tenglashtirish uchun to‘rtta aniq imkoniyat yaratdi, biroq ulardan foydalana olmadi.
O‘zbekiston terma jamoasi “C” guruhida Eron, Yaman va Indoneziya jamoalari bilan birga ishtirok etmoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 16 fevral kuni Indoneziyaga qarshi o‘tkazadi.
Qo‘shimcha qilib o‘tamiz, turnirning to‘rtta eng yaxshi jamoasi 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Mazkur chempionat Chilida bo‘lib o‘tadi.