Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston yetti oy ichida 30 mingdan ortiq yuk avtomobili import qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar–iyul oylari mobaynida O‘zbekistonga umumiy qiymati 155,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 30 346 ta yuk avtomobili olib kirildi, deb xabar bermoqda mamlakatning Milliy statistika qo‘mitasi.
Avtomobillar jami 22 ta xorijiy davlatdan keltirilgan bo‘lib, yetakchi yetkazib beruvchi davlat sifatida Xitoy qayd etildi — mamlakatdan 29 470 ta yuk mashinasi olib kirilgan.
Ikkinchi o‘rinda Koreya Respublikasi joy olgan — 410 ta yuk avtomobili, undan keyin Rossiya (204 ta), Avstriya (55 ta), Turkiya (50 ta) va Germaniya (48 ta) qayd etilgan. Qolgan davlatlardan esa jami 109 ta yuk avtomobili import qilingan.