Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda 40,76 milliard kubometr tabiiy gaz qazib olindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 foizga kam, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.
Neft qazib olish hajmi 7,3 foizga kamayib, 657,6 ming tonnani tashkil etdi (o‘tgan yil 709,3 ming tonna).
Shu bilan birga, gaz kondensati qazib olish hajmi 1,7 foizga oshib, 1,11 million tonnaga yetdi.
Ko‘mir ishlab chiqarishda katta o‘sish kuzatildi: hajm 27,5 foizga oshib, 5,75 million tonndan 7,33 million tonnaga yetgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1,18 million tonnani tashkil etdi, bu 2023-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2,4 foizga kam. Shuningdek, dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmi 2,9 foizga kamayib, 912,4 ming tonnani tashkil etdi.
Avvalroq, «O‘zbekneftegaz» kompaniyasi 2025-yilda 26,5 milliard kubometr tabiiy gaz qazib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingan edi.