Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va turistik salohiyati Xitoy savdo-sanoat palatasining mashinasozlik va elektron mahsulotlar importi-eksporti bo‘yicha (CCCME) yillik forumida namoyish etildi. Forum Pekin shahrida o‘tkazildi, deb xabar beradi IA «Dunyo».
Forum ishtirokchilari — Xitoy hukumati, biznes va OAV vakillari — O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda investitsiya imkoniyatlari bilan tanishtirildi.
CCCME prezidenti Chjan Yuysin Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarning tez sur’atlarda rivojlanayotganini hamda Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarda faol ishtirok etayotganini ta’kidladi.
Tadbir doirasida O‘zbekistonning salohiyatini namoyon etuvchi videoroliklar taqdim qilindi.