Valyuta kurslari 14/01/2025
$1 – 12972.08
UZS – 0,12%
€1 – 13223.74
UZS – -0,91%
₽1 – 126.61
UZS – -0,91%
Qidirish
Iqtisod 13/01/2025 O‘zbekiston-Xitoy: Hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida keyingi rejalar belgilab olindi

O‘zbekiston-Xitoy: Hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida keyingi rejalar belgilab olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Xitoyning "SUAR" paxta sanoatini rivojlantirish Administratsiyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida Alisher Shukurov bugungi kunda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivoj topayotganligi, xususan paxtachilik, urug‘chilik hamda yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari ravnaq topayotganligini aytib o‘tdi.

Ayniqsa, paxtachilik sohasida 2024-yilda Xitoy urug‘larining kirib kelgani, "Shinjon" texnologiyasining mamlakatimiz paxta maydonlarida joriy etilgani ayni sohada tub burilish bo‘lgani qayd etib o‘tildi.

O‘z navbatida, Xitoy delegatsiyasi vakillari hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida o‘z takliflarini ilgari surdi. Dastavval, Shinjon-Uyg‘ur avtonom regionining paxtachilikda erishayotgan yutuqlari haqida ma’lumot bergan delegatsiya vakillari, mamlakatimiz bilan paxtachilik sohasidagi aloqalarni tizimli ravishda, yanada rivojlantirish istagi borligini ma’lum qildi.

Muloqot davomida Alisher Shukurov nafaqat paxtachilik sohasida, balki chorvachilik, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda bir qancha qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida Xitoy bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan keyingi rejalar aniq belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling