Valyuta kurslari 07/01/2025
$1 – 12930.11
UZS – -0,09%
€1 – 13390.42
UZS – 0,36%
₽1 – 120.94
UZS – 3,26%
Qidirish
O‘zbekiston 05/01/2025 O‘zbekiston vakili SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston vakili SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 1-yanvardan boshlab Botir Tursunov rasman Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimiga kirishdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Botir Tursunov 50 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti bitiruvchisi.

Botir Tursunov o‘zining diplomatik faoliyatini 2005 yilda tashqi ishlar vazirligi tizimida boshlagan, markaziy apparatda turli lavozimlarda ishlagan va keyinchalik O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida xizmat qilgan.

Keyinchalik O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga rahbarlik qilgan, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2023-yildan boshlab Botir Tursunov O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi vazir-maslahatchisi etib tayinlangan va bir vaqtning o‘zida mamlakatning ShHT kotibiyatidagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan.

U falsafa fanlari nomzodi, 25 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi. Rus, ingliz va xitoy tillarini biladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling