Valyuta kurslari 21/01/2025
$1 – 12975.09
UZS – 0,06%
€1 – 13373.43
UZS – 0,16%
₽1 – 127.63
UZS – 0,9%
Qidirish
Madaniyat 18/01/2025 O‘zbekiston va YUNESKO ayollarni madaniyat va raqamli texnologiyalarda qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston va YUNESKO ayollarni madaniyat va raqamli texnologiyalarda qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — YUNESKOning shtab-kvartirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Kamola Muxtarova YUNESKOning gender tengligi masalalari bo‘yicha direktori Begoniya Lasagabaster bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning madaniyat, ta’lim va ijtimoiy tashabbuslardagi rolini oshirishga qaratilgan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni «O‘zbekiston-2030» strategiyasi doirasida ayollarni madaniyat, san’at va raqamli texnologiyalar sohasida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni taqdim etdi. Mazkur tashabbuslar doirasida ijodiy sanoatlarda ayollar liderligini rivojlantirish, raqamli muhitda ularning ishtiroki kengaytirilishini ta’minlash hamda madaniyat sohasida kasbiy o‘sish uchun shart-sharoit yaratishga oid loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, YUNESKO bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda 2025-yilda Samarqandda o‘tkaziladigan YUNESKOning 43-General konferensiyasi doirasida tashkilot mandatiga kiruvchi sohalar bo‘yicha maxsus tadbir o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling