Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
Texnologiyalar 15/08/2025 O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida raqamli texnologiyalar, telekommunikatsiya va boshqa qator yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Vazir Sh. Shermatov O‘zbekistonning IT sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT Park’da xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan soliq imtiyozlar haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga, yoshlar uchun munosib ish o‘rinlari yaratish borasidagi qilinayogan ishlar va IT xizmatlar eksportini oshirish borasidagi masalalarga e’tibor qaratildi.

Toyvo Klaar mamlakatimizning so‘nggi yillardagi yutuqlarini yuqori baholadi hamda Yevropa Ittifoqi ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirish va qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling