Valyuta kurslari 28/04/2025
$1 – 12957.14
UZS – 0,23%
€1 – 14702.47
UZS – -0,1%
₽1 – 156.56
UZS – 0,53%
Qidirish
Iqtisod 27/04/2025 O‘zbekiston va XVJ makroiqtisodiy barqarorlik sohasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi

O‘zbekiston va XVJ makroiqtisodiy barqarorlik sohasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 24 aprel kuni Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning yillik bahoriy uchrashuvlari doirasida XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori Jihod Azur va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori o‘rinbosari Arvanitis Afanasios, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Timur Ishmetov va boshqa masʼul vakillar ham ishtirok etdilar.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash, inflyatsiya darajasini nazorat qilish, davlat byudjeti bilan samarali boshqarish, soliq maʼmurchiligini takomillashtirish hamda ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, davlat moliyasini boshqarish, narxlar statistikasi va milliy hisoblar tizimini rivojlantirish, qimmatli qog‘ozlar bozori va davlat qarzini boshqarish sohasida hamkorlik qilish, soliq maʼmurchiligini takomillashtirishda ilg‘or xalqaro tajriba va raqamli texnologiyalarni qo‘llash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish va yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda fikr almashish jarayonlarini kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling