O‘zbekiston va Xunan provinsiyasi sanoat, logistika va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 18-avgust kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Ilzat Kasimov Xitoy Xalq Respublikasi Xunan provinsiyasi gubernatori oʻrinbosari Van Tszyunshou boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tomonlar sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, raqamli iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi hamda turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirdilar.
Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston hududida zamonaviy texnopark tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur tashabbus ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va investitsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi.