Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Fransiya delegatsiyasining Toshkentga tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va “XP Group” bosh direktori Devid Martinon o‘rtasida ham muzokara bo‘lib o‘tdi.
Muloqot asosiy mavzusi uglevodorod zaxiralariga ega bo‘lgan gaz konlari guruhida tabiiy gaz qazib olishni ko‘paytirish loyihasi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi.
Tomonlar konlarni o‘zlashtirishga samarali yondashish va uglevodorod resurslarini qazib chiqarishni ko‘paytirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zarurligiga e’tibor qaratdilar.
Uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash jarayonlarini optimallashtirish borasida hamkorlikni chuqurlashtirish va tajriba almashishga kelishib olindi.
Tomonlar qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish va sheriklikni mustahkamlashni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.