Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 13/02/2025 O‘zbekiston va Xorvatiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Xorvatiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 11 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Xorvatiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (rezidensiyasi Ostona shahrida) Refik Shabanovich bilan videokonferensiya o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston fuqarolarini Xorvatiyaga mehnat faoliyati uchun tashkillashtirilgan tarzda yuborish, mehnat migratsiyasi sohasida shartnomaviy-huquqiy bazani yaratish va potensial mehnat migrantlarini o‘qitish uchun xorvat mutaxassislarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yana-da mustahkamlash va ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling