Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 31/07/2025 O'zbekiston va Xitoy oliy ta'lim muassasalari o'rtasida akademik almashinuv dasturlari kengaytiriladi

O'zbekiston va Xitoy oliy ta'lim muassasalari o'rtasida akademik almashinuv dasturlari kengaytiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Guanchjou shahridagi Gonkong fan va texnologiyalar universitetining (The Hong Kong University of Science and Technology, Guangzhou xalqaro aloqalar departamenti rahbari Jin Fu bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Xitoy oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirish, qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish, birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va boshqalar muhokama qilindi.

Xitoy tomoni O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari bilan tanishtirildi.

Jin Fu ikki mamlakat o'rtasida sheriklik barcha jabhalarda barqaror rivojlanib borayotganini qayd etish barobarida, ilm-fan va ta'lim sohasida O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari bilan akademik aloqalarni o'rnatishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar joriy yil sentyabr oyida mazkur universitet prezidenti Lio Ni boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling