O‘zbekiston va Xitoy ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Guandun provinsiyasi Savdo departamenti rahbari o‘rinbosari Chen Xu boshchiligidagi rasmiy va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tarkibida 20 nafardan ortiq sanoat, logistika, to‘qimachilik va avtomobil savdosi sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniya rahbarlari, jumladan “Guangzhou Nanling Automobile”, “Guangzhou Light Industry Group” kabi yirik kompaniyalar vakillari jamlangan delegatsiya bilan uchrashuvda O‘zbekistondagi investitsiya muhiti, qo‘shma loyihalar imkoniyatlari hamda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Xitoy tomoni O‘zbekiston bozoriga katta qiziqish bildirdi hamda mavjud salohiyat doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini maʼlum qildi.