Valyuta kurslari 02/05/2025
$1 – 12900.00
UZS – -0,16%
€1 – 14595.06
UZS – -0,59%
₽1 – 157.32
UZS – -0,81%
Qidirish
Iqtisod 02/05/2025 O‘zbekiston va Xitoy elektrotexnika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Xitoy elektrotexnika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha qator muzokaralar, uchrashuvlar va biznes forumlar o‘tkazildi.

Ushbu delegatsiya tarkibida ishtirok etgan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov hamda Xitoyning “Jezetek” (Sichuan Jiuzhou Investment Holding Group Co., Ltd) kompaniyasi boshqaruv raisi Yang Baoping o‘rtasida o‘tgan muzokaralar natijasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum elektrotexnika sohasida strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Xususan, hujjatga muvofiq, tomonlar o‘z salohiyatini birlashtirgan holda, elektrotexnika mahsulotlari va yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarish bo‘yicha zavod tashkil etish, ilg‘or texnologiyalar asosida LED uskunalari, Wi-Fi routerlar va raqamli qurilmalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalarida hamkorlik qiladi.

Ushbu anglashuv ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini jalb qilish hamda “yashil texnologiyalar” va raqamli infratuzilmalar sohasida O‘zbekistonning salohiyatini kengaytirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling