Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 28/06/2025 O‘zbekiston va Xitoy charm ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishga tushirishni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Xitoy charm ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishga tushirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27-iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev Xitoy Charm sanoati Uyushmasi rais o‘rinbosari Liu Suilun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbatda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari, Andijon va Ohangaron shaharlaridagi kichik sanoat zonalarida poyabzal va charm-galantereya mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda yirik xalqaro bozorlar sari chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xalqaro brendlar talablariga javob beradigan mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida Xitoydan texnolog va dizayner mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Tomonlar hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega O‘zbekiston charm mahsulotlari eksportini Xitoy bozoriga kengaytirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling