O‘zbekiston va Xalqaro suv xo‘jaligi instituti suv resurslarini boshqarish va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Suv resurslarini boshqarish xalqaro institutining (IWMI) O‘zbekistondagi vakili, doktor Barbara Yanush-Pavletta bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, suv resurslarini samarali boshqarish, suv sifatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishni muhokama qildilar.
O‘zbekiston ilmiy va ta’lim muassasalari hamda “IWMI” o‘rtasida bilim va tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.