Valyuta kurslari 06/03/2025
$1 – 12900.37
UZS – -0,02%
€1 – 13818.88
UZS – 1,89%
₽1 – 143.80
UZS – -0,47%
Qidirish
O‘zbekiston 05/03/2025 O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi: uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlash

O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi: uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlash

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 4-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarlari Ilxom Xaydarov va Le Thi Thu Hang boshchilik qildi.

Tomonlar siyosiy-diplomatik hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini, savdo va sarmoyaviy sohadagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqotni chuqurlashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

L.Hang: “Ko‘p yillik tarix bog‘lagan O‘zbekiston va Vyetnam qardosh xalqlar bilan yaqin davlatlardir. 1970-1980-yillarda O‘zbekiston ta’lim muassasalarida tahsil olgan 3 mingdan ortiq vyetnamlik talabalar mamlakatlarimiz o‘rtasida “bog‘lovchi ko‘prik” bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Men ularning ba‘zilarini shaxsan bilaman – ular taniqli jurnalistlar va diplomatlar. Jamiyatda yuksak mavqega ega bo‘lgan O‘zbekiston-Vyetnam hamkorligining rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan insonlardir”.

Turli darajadagi faol aloqalar – o‘zaro tovar ayirboshlash va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi va baliqchilik sohalarida qo‘shma sarmoyaviy loyihalar hajmi oshib borayotgani, ikki mamlakat o‘rtasida sayyohlar sonining ortishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, oliy va yuqori darajadagi tashriflar almashinuvi yuzasidan fikr almashilindi.

2025-yil aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasidagi ishtiroki doirasida Vyetnam Milliy Assambleyasi Raisi Tran Thanh Man boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Birinchi navbatda hamkorlik uchun savdo va sarmoyaviy sohadagi mavjud salohiyatdan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalishlarda shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vyetnam hukumatlararo komissiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Xususan, Vyetnam tomoni O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) bilan institutsional hamkorligini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Tomonlar, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling