O‘zbekiston va Ummon iqtisodiy diplomatiya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 5 fevral kuni Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Ummonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo al-Busaidi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda iqtisodiy diplomatiya sohasida hamkorlik istiqbollari, jumladan, kelgusida O‘zbekistonda grantlar va moliyaviy-texnik ko‘mak jalb qilingan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Asosiy eʼtibor sog‘liqni saqlash, taʼlim, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va boshqa muhim sohalarda loyihalarni amalga oshirishga qaratilishiga kelishib olindi.