Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
O‘zbekiston 02/03/2025 O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Axmet Gurbanov o‘rtasida videokonferensaloqa formatida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligining bugungi holati va  rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari haqida so‘z yuritildi. Mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi eng dolzarb masalalar bo‘yicha yakdillik pozitsiyasi solishtirildi.

Yuqori darajadagi ishonchli, konstruktiv va do‘stona muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga kuchli turtki berishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning yangi keng ko‘lamli kun tartibini shakllantirish, bo‘lajak oliy darajadagi tashriflarni sifatli tayyorlash, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi sammitlariga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling