Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 16/12/2024 O‘zbekiston va Tomsk viloyati savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish niyatida

O‘zbekiston va Tomsk viloyati savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish niyatida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 

O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Tomsk viloyati gubernatorining iqtisodiyot, investitsiya siyosati va mulkiy munosabatlar bo'yicha o'rinbosari Vasiliy Potemkin bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekistonning Rossiyaning ushbu hududi bilan savdo-iqtisodiy hamkorligining holati, shuningdek, Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur boshchiligidagi delegatsiyaning shu yil noyabr oyida yurtimizga qilgan tashrifi yakunlari muhokama qilinda.

Rossiya vakili O'zbekiston Tomsk viloyatining savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy sohalaridagi asosiy sheriklaridan biri ekanligini ta'kidladi.

Vasiliy Potemkinning aytishicha, Tomsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning respublikaga tashrifi yakunlari nafaqat mavjud yo'nalishlarni ilgari surish, balki uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallangan iqtisodiy sheriklikning asosiy jihatlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tomsk viloyati gubernatorining o'rinbosari, shuningdek, V2V formatidagi uchrashuvlar chog'ida erishilgan kelishuvlarga, xususan, respublikada termoplastik polimer kompozitsiyalari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, "Tomsk elektromexanika zavodi" AJ da ishlab chiqarilgan uskunalarni "O'zkimyosanoat" AJ va boshqa korxonalarga yetkazib berish bo'yicha kelishuvlarga e'tibor qaratdi.

Muloqot chog'ida viloyatdagi turli korxonalariga O'zbekistondan mutaxassislarni ishga jalb qilish istiqbollari ham ko'rib chiqildi.

 "O'zbekiston vakillari nafaqat hududning iqtisodiy rivojlanishiga, balki ikki davlat o'rtasidagi hududlararo hamkorlik jarayoniga ham salmoqli hissa qo'shmoqda", dedi Vasiliy Potemkin.

Mazkur masala yuzasidan Rossiya tomoni hududdagi tikuvchilik va to'qimachilik korxonalariga ishlash uchun O'zbekistondan tajribali tikuvchilarni jalb qilish zarurati borligini ma'lum qildi.

Shuningdek, tajriba almashish va istiqboldagi vazifalarni muhokama qilish maqsadida "Chirchiq" sanoat parki va Sirdaryo viloyatidagi sanoat parki vakillarining Tomsk shahriga ishchi safarini ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Muzokaralar yakunida har chorakda Tomsk viloyati rahbariyati bilan savdo-iqtisodiy va mehnat migratsiyasi jabhalaridagi birgalikdagi ishlarning borishi yuzasidan uchrashuv o'tkazish muhimligi qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling