Valyuta kurslari 27/01/2025
$1 – 12969.05
UZS – -0,08%
€1 – 13611.02
UZS – 0,72%
₽1 – 132.19
UZS – 0,74%
Qidirish
O‘zbekiston 25/01/2025 O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024 yil 18 aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlari, yaʼni qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni yaxshilash, do‘stona muhitni mustahkamlash hamda o‘zaro hamkorlikni yana-da yuqori darajaga olib chiqish masalalari alohida o‘rin tutadi.

Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 18-aprelda Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Dushanbe shahrida imzolangan. Shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan.

Ushbu hujjat xalqaro huquq normalariga amal qilgan holda mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish, davlat chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, suv-energetika sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, parlament diplomatiyasini rivojlantirish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, iqtisodiy, investitsiyaviy, fan-texnika, madaniyat, taʼlim, sport va turizm sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish, terrorizm, ekstremizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu Qonun O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling