O‘zbekiston va Sojitz korporatsiyasi sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari Ilhom Umrzakov va Otabek Fazilkarimov Yaponiyaning “Sojitz Corporation” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
“Sojitz Corporation” dunyoning yetakchi savdo va investitsiya korporatsiyalaridan biri bo‘lib, energetika va tabiiy resurslar, kimyo sanoati, transport va infratuzilma, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati hamda yashil energetika sohalarida faoliyat yuritadi. Korporatsiya 50 dan ortiq davlatda filial va ofislarga ega hamda ko‘plab davlat va xususiy korporatsiyalar bilan yirik investitsiya loyihalarida ishtirok etadi.
Xorijiy delegatsiya tarkibida “Sojitz” kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi bosh menejeri Bahrom Salomov, sog‘liqni saqlash sohasida biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer yordamchisi Nishijima Muneyuki va kompaniyaning boshqa vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimlari qatnashdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda muhim loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bir qator asosiy masalalarni muhokama qildi. Xususan:
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda kelgusida hamkorlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga tayyorliklarini tasdiqlashdi.