Valyuta kurslari 11/04/2025
$1 – 12968.38
UZS – -0,04%
€1 – 14343.03
UZS – 0,1%
₽1 – 152.37
UZS – 0,78%
Qidirish
Iqtisod 07/04/2025 O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi biznes muloqot: asosiy tarmoqlarda qo‘shma loyihalar rejalashtirilgan

O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi biznes muloqot: asosiy tarmoqlarda qo‘shma loyihalar rejalashtirilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ISSVda Sloveniya Savdo-sanoat palatasi ijrochi direktori Marjana Majerik boshchiligida Sloveniya Respublikasi ishbilarmon doiralari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, qurilish, turizm, farmatsevtika, mashinasozlik, IT va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan sloveniya kompaniyalarining 20 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Sloveniyalik hamkorlarga O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyati, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish chora-tadbirlari taqdim etildi.

Geologiya, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va koʻnchilik sanoati, farmatsevtika va uy-joy qurilishi kabi sohalarda yangi loyihalar muhokama qilindi.

Tashkil qilingan B2B va B2G muzokaralar davomida ishbilarmonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tomonlar O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida munosabatlarni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling