Valyuta kurslari 02/04/2025
$1 – 12925.20
UZS – -0,09%
€1 – 13982.48
UZS – 0,32%
₽1 – 152.58
UZS – -1,27%
Qidirish
O‘zbekiston 29/03/2025 O‘zbekiston va Slovakiya migratsiya oqimlarini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Slovakiya migratsiya oqimlarini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston delegatsiyasi Slovakiya Respublikasining qator rasmiy idoralari, xususan, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Mehnat, ijtimoiy masalalar va oila vazirliklari mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Asosiy eʼtibor, qonuniy migratsiyani qo‘llab-quvvatlash, Slovakiyadagi bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekistondan mutaxassislarni jalb qilish, ishchi vizalarining chiqish muddatlarini qisqartirish kabi masalalarga qaratildi.

Slovakiya tomoni, o‘tgan yili Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari uchun jami 3000 ta kvota ajratilgani, biroq, tez orada ko‘pchiligi Slovakiyani tark etib, Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga o‘tib ketganini alohida taʼkidlashdi. Bu noqonuniy migratsiyaga hissa qo‘shishi bildirildi.

Shu kabi masalalarga yechim sifatida migratsiya oqimini raqamlashtirish ustida birgalikda ishlashga, O‘zbekiston uchun kvotalarni alohida belgilashga kelishib olindi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida migratsiya jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan Hukumatlararo bitim loyihasi ishlab chiqilishi va tez orada ijobiy qarorlar qabul qilinishiga ishonch bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling