Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 17/01/2025 O‘zbekiston va Singapur Avstraliyaga o‘zbek fuqarolarini ishga joylashtirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Singapur Avstraliyaga o‘zbek fuqarolarini ishga joylashtirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida vazir o‘rinbosari Olimjon Abdullayevning Singapurning «Kingston International College» xususiy ta’lim muassasasi rahbari Benson Max Xok Onn va kollejning Avstraliya filiali direktori Uelli Valid Ruda bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«Kingston International College» — biznes, mehmonxona xizmati, turizm, jamoat xizmatlari va ingliz tilini o‘rganish sohalarida professional ta’lim dasturlariga ixtisoslashgan xususiy ta’lim muassasasi.

Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolarini Avstraliyada uyushgan holda ishga joylashtirish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida «Kingston International College» o‘quv markazlarini O‘zbekistonda tashkil etish va fuqarolarni Okeaniya mamlakatlarida ishlashga tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu kelishuvlarning amalga oshirilishi o‘zbek fuqarolari uchun Avstraliya mehnat bozorida yangi imkoniyatlarni ochadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling