Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
O‘zbekiston 26/06/2025 O‘zbekiston va Shvetsiya ijtimoiy sohadagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Shvetsiya ijtimoiy sohadagi hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov hamda Shvetsiya Qirolligining migratsiya masalalari vaziri Yoxan Forssell o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar migrantlar oilalarini qo‘llab-quvvatlash, qaytib kelgan fuqarolarning jamiyatga moslashuvi (reintegratsiyasi), nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv bandlik, kam ta’minlangan oilalar va bolali ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, migratsiya sababli qarovsiz qolgan bolalarni himoya qilish kabi muhim yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilish taklif etildi.

Agentlik tomonidan Shvetsiya bilan hamkorlikda pilot loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar almashinuvini tashkil etish hamda o‘zaro bilim va ko‘nikmalardan foydalanish yuzasidan takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muntazam hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling