Valyuta kurslari 22/04/2025
$1 – 12909.64
UZS – -0,22%
€1 – 14908.05
UZS – 1,34%
₽1 – 159.75
UZS – 0,15%
Qidirish
Iqtisod 22/04/2025 O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni mahalliylashtirish va davlat xaridlari sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni mahalliylashtirish va davlat xaridlari sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi energetika vaziri o‘rinbosari Fuad Mosa hamda Mahalliy tarkib va ​​davlat xaridlari agentligi vitse-prezidenti Muhammad al-Qahtaniy boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda sanoat tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini tizimli ravishda kengaytirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini oshirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha tajriba almashildi.

Saudiya Arabistoni tajribasi asosida O‘zbekistonda “mahalliy kontent” tizimini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shu maqsadda respublikaning tegishli vazirlik va idoralari bilan birgalikda mazkur sohalardagi mavjud vaziyatni chuqur tahlil qilib, kelgusida hamkorlik qilish uchun zarur strategiyalarni ishlab chiqadigan ishchi guruhlar tuzildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling