Valyuta kurslari 20/03/2025
$1 – 12926.51
UZS – -0,07%
€1 – 14092.48
UZS – -0,51%
₽1 – 156.00
UZS – -1,76%
Qidirish
O‘zbekiston 05/02/2025 O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

2025-yilda tomonlarni qiziqtirgan turli yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling