Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Ipak yo‘lida turizm” 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Rossiya Federatsiyasining Primorsk o‘lkasi gubernatori, RF prezidenti huzuridagi Turizm kengashi raisi Oleg Kojemyako bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar turizm sohasida olib borilayotgan hamkorlik istiqbollari va rejalashtirilgan ishlarni atroflicha muhokama qildilar.
O.Kojemyako oxirgi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasida kuzatilayotgan ulkan tizimli o‘zgarishlarni yuqori baholab, Rossiya, jumladan, Primorsk o‘lkasida, bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga ishtiyoq va qiziqish yuqoriligini qayd etdi.
Shuningdek, Primorsk o‘lkasi va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish va turistlar oqimini ko‘paytirishga keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlab o‘tildi.