Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 19/04/2025 O‘zbekiston va Rossiya siyosiy maslahatlashuvlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Rossiya siyosiy maslahatlashuvlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18-aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin rahbarlik qildilar.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama kun tartibning dolzarb mavulari muhokama qilindi.

Shuningdek, MDH, ShHT, BMT va “Markaziy Osiyo – Rossiya” formati doirasida ko‘p tomonlama tuzilmalar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling