O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmini joriy qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi.
Bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarining Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati (Rostrud) rahbari Mixail Ivankov bilan bo‘lgan uchrashuvida maʼlum qilindi.
Bundan tashqari, Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus tayyorgarlik markazlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati ish beruvchilarning faoliyatini o‘rganib, ishonchliligini aniqlashda Migratsiya agentligi bilan yaqin hamkorlik qiladigan bo‘ldi.