O'zbekiston va Robotis robototexnika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 20-mart kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov “Robotis” kompaniyasi bosh direktori Kim Byon Su bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida robototexnika sohasidagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. "Robotis" vakillari ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar.
1999 yilda tashkil etilgan Robotis robototexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha jahon yetakchilaridan biridir.