Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O.Abdullayev Kuvayt Davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi Muvaqqat ishlari vakili Xolid al-Mutayratni qabul qildi
Uchrashuvda tashqi mehnat migratsiyasi, viza rejimini soddalashtirish hamda yuqori darajada bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar migratsiya va viza masalalari bo‘yicha muloqotlarni doimiy tarzda tizimli o‘tkazib turish, xususan, mavjud masalalarni tezkor tartibda muvofiqlashtirish maqsadida, O‘zbekiston va Kuvayt mutasaddilari o‘rtasida “Ishchi guruh”ni tashkil etishni kelishib oldilar.