Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 08/01/2025 O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uning istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tdilar.

Baxtiyor Saidov ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yanada mustahkamlanayotganini ta’kidladi.

Mintaqaviy hamkorlik orqali Markaziy Osiyoda farovonlikni ta’minlashga hissa qo‘shilayotgani qayd etildi.

Saidov 2025-yil O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun yangi yutuqlar yili bo‘lishini ishonch bilan bildirdi.

Tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar.

Suhbat davomida 2025-yilda yuqori darajadagi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha reja va grafiklar ham muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling