Valyuta kurslari 19/08/2025
$1 – 12497.19
UZS – -0,4%
€1 – 14597.97
UZS – -0,46%
₽1 – 155.71
UZS – -0,83%
Qidirish
O‘zbekiston 19/08/2025 O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Yerlan Koshanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Konstruktiv muloqot davomida tomonlar parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, oliy darajada erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Qonun chiqaruvchi organlar faoliyatini takomillashtirish, parlament instituti va mahalliy vakillik organlari salohiyatini oshirish borasida tajriba almashish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, aralash saylov tizimini joriy etish va parlament vakolatlarini kengaytirishga yondashuvlarda o‘xshashlik mavjudligi taʼkidlandi.

Xalqaro parlament maydonlarida, shu jumladan, Parlamentlararo ittifoq, YEXHT Parlament Assambleyasi, MDH PA doirasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling