Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
Iqtisod 17/01/2025 O‘zbekiston va Qirg‘iziston mintaqaviy darajada iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston mintaqaviy darajada iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Bosh konsulxonasi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi “Lumiflex” MCHJ vakili Bahrom To‘laganovning Qirg‘iziston viloyatlariga tashrifini tashkil qildi.

2020-yilda tashkil etilgan “Lumiflex” qadoqlash materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda bunday turdagi yagona korxona hisoblanadi. Korxona Ispaniyada ishlab chiqarilgan uskunalardan foydalanadi.

Qirg‘izistonning Batken viloyati, Qizilqiya shahrida O‘zbekiston Yoshlar jahon uyushmasi Qirg‘izistondagi vakili Boburmirzo Abdusamadov ko‘magida “Bio Milk”, “Murodjon ISE”, “777 Morojenoye”, “Jeti Batir” va “BARBOL” kabi qirg‘iz kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Natijada, umumiy qiymati 1 million AQSH dollariga teng eksport shartnomalarini imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Yaqin kunlarda qirg‘iz kompaniyalari vakillarining Toshkentga tashrifi kutilmoqda. Tashrif davomida shartnomalarning rasmiy imzolanishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling