Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Prezident Administratsiyasi Rahbari Adilbek Kasimaliyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston Bosh vaziri Adilbek Kasimaliyevni Qirg‘iziston Bosh vaziri etib tasdiqlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, Davlatlarimiz Rahbarlari tomonidan hukumatlar oldiga qo‘yilgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilish hamda savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni izchil ro‘yobga chiqarishga ishonch bildirildi.
Avvalroq, O‘zbekiston Bosh vaziri qirg‘izistonlik hamkasbiga ushbu lavozimga tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborgan edi.