Valyuta kurslari 05/06/2025
$1 – 12831.81
UZS – -0,2%
€1 – 14606.45
UZS – -0,45%
₽1 – 163.75
UZS – 0,18%
Qidirish
O‘zbekiston 07/06/2025 O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti - Iyd al-Adho munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar. Yetakchilar do‘st O‘zbekiston va Pokiston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.

Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari muhokama qilindi.

Strategik sheriklik izchil mustahkamlanib borayotgani, turli darajalardagi muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo va yuk tashishlar hajmi sezilarli ortmoqda, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paymoqda. Farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, logistika va boshqa yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda. Lahor va Karachida savdo uylari tashkil etilgan.

Joriy yilga rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling