Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Axmad Faruq bilan uchrashdi.
Tomonlar o‘zbek-pokiston munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, ayniqsa Afg‘onistondagi vaziyat va mintaqa xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida shuningdek, Afg‘onistondagi transport va kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari, jumladan, Transafgan temir yo‘lining qurilishi mavzusi ham muhokama qilindi.