Valyuta kurslari 04/07/2025
$1 – 12557.56
UZS – -0,27%
€1 – 14809.13
UZS – -0,08%
₽1 – 159.44
UZS – -0,46%
Qidirish
Iqtisod 03/07/2025 O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari tikuvchilik fabrikasini borib ko‘rdilar

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari tikuvchilik fabrikasini borib ko‘rdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xonkendi shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.

Bu yerda yetakchilar qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxona Prezidentlar tomonidan 2024-yil noyabr oyida Bokuda bo‘lib o‘tgan BMT Iqlim sammiti doirasidagi uchrashuvda ishga tushirilgan edi.

Tikuvchilik fabrikasining maydoni 1,2 gektar. Loyihaning umumiy investitsiya qiymati 6,2 million dollarni tashkil etadi. Jami 800 ta ish o‘rni yaratiladi.

Korxonada yiliga 3-5 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Tayyor mahsulotlar ham ichki bozorga, ham eksportga yetkazib beriladi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling