Valyuta kurslari 02/07/2025
$1 – 12676.11
UZS – -0,15%
€1 – 14975.56
UZS – 0,65%
₽1 – 161.56
UZS – -0,02%
Qidirish
O‘zbekiston 01/07/2025 O‘zbekiston va Ozarbayjon parlament aʼzolari strategik hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan panel sessiyasini o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon parlament aʼzolari strategik hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan panel sessiyasini o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi doirasida “Strategik hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlarning roli: qonunchilik tashabbuslari, yuqori darajadagi kelishuvlar va ularning bajarilishini nazorat qilish” mavzusidagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sessiyada Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalari va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev hamda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisining Huquqiy siyosat va davlat qurilishi qo‘mitasi raisi Ali Guseynli moderatorlik qilishdi.

Sessiyada ikki mamlakat parlament aʼzolari parlament nazorati yuzasidan dolzarb masalalar, qonunchilik tashabbuslari va ularning ijrosini atroflicha muhokama qildi.

Shuningdek, yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning amalda bajarilishini taʼminlash, ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati va OAV bilan samarali hamkorlikni tashkil qilish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi.

Qonun ustuvorligi, ochiqlik, hisobdorlik, byudjet nazorati, korrupsiyaga qarshi kurashish ustidan parlament nazorati, inson huquqlari va demokratik institutlar himoyasi sessiyada muhokama qilingan asosiy mavzulardan bo‘ldi.

Ishtirokchilar parlamentlar o‘rtasida eng yaxshi tajriba almashish va parlament diplomatiyasini mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling