Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 10/02/2025 O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 7-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish doirasida qator tadbirlar o‘tkazildi.

Dastlab ikki davlat delegatsiyalari rahbarlarining: Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev va Moʻgʻuliston tomonidan Davlat Buyuk Xurali aʼzosi, Hukumat aʼzosi, Bosh vazir oʻrinbosari Sainbuyan Amarsaixanlarning ikki tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 1-yig‘ilishi doirasida muzokaralarni davom ettirdilar. Loyihalarning har bir bosqichi atroflicha tahlil qilinib, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha samarali yechimlar ishlab chiqildi.

Tadbirlar dasturi ikki mamlakatning 150 dan ortiq yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokidagi biznes-forum va ishbilarmonlar kengashining ta’sis yig‘ilishi bilan davom etdi.

Unda tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, turizm, energetika va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq investisiya tashabbuslari va loyihalari taqdim etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling