Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
Iqtisod 28/02/2025 O‘zbekiston va MMC Corporation yangi EIZlar yaratish masalasini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va MMC Corporation yangi EIZlar yaratish masalasini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Malayziyaning MMC Corporation kompaniyasining strategiya va investitsiyalar bo‘yicha direktori Najeeb Ramli bilan uchrashdi.

1911-yilda tashkil etilgan MMC korporatsiyasi to'rtta asosiy yo'nalishda faoliyat yuritadi: portlar va logistika, energetika va kommunal xizmatlar, muhandislik va sanoat loyihalari. Korporatsiyaning umumiy aktivlari 5,7 milliard dollarni tashkil etadi, 2023-yildagi daromadi esa 1,1 milliard dollarni tashkil qiladi.

Muzokaralar chog‘ida joriy yilning 4-5-fevral kunlari Malayziyaga oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda mamlakat hududlarida EIZlarni tashkil etish va boshqarish masalalari muhokama qilindi.

MMC korporatsiyasi bilan hamkorlik logistika va sanoat infratuzilmasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishi hamda xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishiga o‘zaro ishonch bildirildi.

Kompaniya rahbariyati mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi, shuningdek, ISSV mas'ul xodimlarining ko‘magida bo‘lajak EIZning joylashuviga tashkil qilingan tashrifdan mamnunligini bildirdi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling