Valyuta kurslari 07/02/2025
$1 – 12969.84
UZS – -0,12%
€1 – 13436.75
UZS – -0,55%
₽1 – 133.97
UZS – 1,32%
Qidirish
Iqtisod 06/02/2025 O‘zbekiston va Misr farmatsevtika sohasida kuchlarni birlashtirmoqda

O‘zbekiston va Misr farmatsevtika sohasida kuchlarni birlashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchixonasi ko'magida Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi va Toshkent viloyatidagi "Magnit Grand Farma" dori-darmon kompaniyasi vakillaridan iborat ishchi guruhning Misrga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston delegatsiyasi Misrdagi yirik "Minafarm" biofarmatsevtika sohasidagi kompaniyasining yuqori sifatli, arzon va talabgir dori mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, uning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini o'rgandi.

Kompaniya rahbariyati bilan o'tkazilgan muzokaralar chog'ida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi.

O'zaro kelishuvga ko'ra, mazkur hamkorlikning birinchi bosqichida Misr kompaniyasi mutaxassislarining O'zbekiston farmatsevtika bozorini o'rganish, tahlil qilish va tegishli loyihani tayyorlash maqsadida joriy fevral oyida mamlakatimizga safari uyushtiriladi. Shuningdek, safar davomida Toshkent viloyati "Parkent" erkin iqtisodiy zonasi hududida dori vositalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish uchun mahalliy ishchilarni yollash va ularning kasbiy malakasini oshirish ishlari tashkil qilinadi.

Keyingi bosqichda esa Misr kompaniyasi tomonidan sohaga oid ilg'or texnologiyalarni taqdim etish, distribyutorlik markazi ochish, ishlab chiqarilgan dori vositalarini mamlakatimizda ro'yxatdan o'tkazish, mahalliylashtirish, ishlab chiqarish va xorijga eksport qilish bilan bog'liq vazifalar rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling