Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha O‘zbekiston va Misr Arab Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov, Misr tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi Dr. Muhammad Gad, Arab dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish kompaniyasi boshqaruvi raisi Dr. Olfat Ghorab hamda Misr dori vositalari boshqarmasi vakili Dr. Yusuf Hottemi ishtirok etdi.
Muloqotda tomonlar farmatsevtika mahsulotlarini tartibga solish, dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalarning xavfsizligini ta’minlash, hamkorlikda tadqiqot olib borish va farmatsevtika sanoatida innovatsiyalarni joriy etish kabi muhim masalalarni muhokama qildi.
Shuningdek, Misr Arab Respublikasining farmatsevtika sanoatidagi ilg‘or tajribasi bilan tanishish, ikki davlat o‘rtasida ilmiy-tadqiqot hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda farmatsevtika mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.