Valyuta kurslari 04/12/2024
$1 – 12825.43
UZS – -0,1%
€1 – 13493.63
UZS – -0,03%
₽1 – 120.98
UZS – 1,07%
Qidirish
O‘zbekiston 03/12/2024 O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullandi

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Malayziya hukumati o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ma’qullandi.

Mazkur bitim 2023 yil 8 iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonun ustuvorligini ta’minlashda hamkorlikni yaxshilashga qaratilgan.

Shartnomada jinoy ta’qib etish, jinoyat ishini tergov qilish, ishni sudda ko‘rish, shaxsni javobgarlikka tortish, shuningdek, jinoiy daromadlar va jinoyat qurollarini aniqlash, olib qo‘yish, musodara qilish, jinoiy qilmish oqibatida yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash kabi protsessual harakatlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish belgilanmoqda.

Shuningdek, ushbu Shartnoma ekstraditsiya qilish maqsadida shaxsni ushlab turish yoki qamoqqa olish, ozodlikdan mahrum qilingan shaxsni jazoni o‘tash uchun o‘tkazish, jinoyat ishi yurituvini o‘tkazish, bir taraf chiqargan sud hukmini boshqa taraf tomonidan ijro qilish masalalariga tatbiq etilmaydi.

Mazkur Shartnomaning imzolanishi ikki davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rish davomida o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslarini belgilashga, jinoyatchilikka qarshi kurashishda birdamlik va hamkorlikni oshirishga, bu orqali har ikki davlatda odil sudlovni ta’minlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling