Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi vakillari Malayziyaning Tadbirkorlik va kooperativlarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Datuk Seri R. Ramanan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kichik va o‘rta bizneslarni rivojlantirish, tadbirkorlik tizimini mustahkamlash, shuningdek, atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kichik va o‘rta biznes kesimida halol sertifikatsiya sanoatini rivojlantirish va turizm sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlarini ta’kidlab, kelgusida tajriba va eng yaxshi amaliyotlarni almashish uchun tizimli seminarlar va o‘zaro tashriflar o‘tkazishga kelishib oldi.